Asosiy matnga o'tish
Barcha loyihalar
Ko'chmas mulk / 2026

Yuksalish Group

Ko'chmas mulk quruvchisi uchun CRM va ERP: shaxmatka, to'lov jadvali, shartnoma va kvitansiya generatsiyasi, kassa, ombor va xaridlar.

Mijoz
Yuksalish Group
Soha
Ko'chmas mulk
Yil
2026
Xizmatlar
  • CRM/ERP yechimlar
  • Veb-sayt ishlab chiqish
Yuksalish Group — Yuksalish Group

Asosiy raqamlar

7

Foydalanuvchi rollari

35

CRM/ERP sahifalari

3

Interfeys tillari

01

Vazifa

Quruvchi kompaniyada sotuv bo'limi xonadonlarni Excel jadvallarida yuritardi, shartnoma va kvitansiyalar qo'lda to'ldirilardi, to'lov jadvali va qarzdorlik esa alohida fayllarda yashardi. Natijada bitta xonadon ikki marta bron qilinishi, shartnomadagi summa va jadval mos kelmasligi, kechikish kunlari esa umuman hisoblanmasligi mumkin edi. Bundan tashqari kompaniya bir nechta yuridik shaxs (MCHJ) va bir nechta loyiha bilan ishlaydi — har biri o'z shartnoma shabloni, narxi va kassasi bilan.

02

Nima qurdik

Django (DRF) backend va React interfeysida CRM hamda ERP ni bitta kod bazasida birlashtirdik. Sotuv tomonida: lidlar va bosqichlar, mijozlar, shaxmatka (blok, qavat va xonadon holati — bo'sh / bron / sotilgan), Showroom va master-plan muharriri, to'lov kalkulyatori (m² narxini o'zgartirib, turli muddatlar bo'yicha hisob va A4 chop etish), shartnomalar, to'lov jadvali, qarzdorlik, qaytarishlar va o'zgartirish so'rovlari. Shartnoma va kassa kvitansiyalari DOCX shablonlardan avtomatik yaratiladi — xonadon planirovkasi rasmi bilan; har bir loyiha o'z shablonini yuklay oladi va shablon yuklanganda bandlar tekshirib chiqiladi. ERP tomonida: xaridlar (PO raqamlash va holatlar), yetkazib beruvchilar, omborlar, SKU va qoldiq harakati, kassa (naqd, Humo, UzCard, bank o'tkazmasi, Paylov) hamda dollar/so'm ikki valyutali hisob. Tashqi integratsiyalar: Paylov to'lovlari, Eskiz va Playmobile SMS, Facebook/Instagram Lead Ads, PBX telefoniya (kiruvchi qo'ng'iroq kartochkasi bilan) va eGov/soliq xizmatlari orqali pasport va manzil ma'lumotlarini tekshirish.

03

Natijalar

Sotuvdan kassagacha bo'lgan butun yo'l bitta tizimda yopildi: xonadon holati, shartnoma, to'lov jadvali va qarzdorlik bir-biriga bog'langan, hujjatlar bir tugma bilan yaratiladi. Tizim ko'p yuridik shaxs va ko'p loyihani qo'llab-quvvatlaydi, 7 ta rol har bir sahifa va amal darajasida sozlanadi. Alohida ish qilingan joy — unumdorlik: to'lov jadvali hisob-kitoblari qayta yozilib, qarzdorlik va statistika sahifalari sezilarli tezlashdi, shuningdek noto'g'ri kiritilgan sanalar va hisoblanmagan kechikish kunlari ma'lumotlar bo'yicha tuzatildi.

Texnologiyalar

  • Django
  • Docker
  • Firebase
  • PostgreSQL
  • Python
  • React
  • Redis
  • TypeScript
  • WebSocket

Loyihangiz haqida gapirib bering

Formani to'ldiring — 24 soat ichida javob beramiz.