MePhone
Telefon riteyli uchun ERP: IMEI bo'yicha ombor, nasiya va undiruv, ta'mirlash, Dubay kargosi va brauzerdagi call-markaz.

Asosiy raqamlar
41
ERP modullari
10
Tashqi integratsiyalar
3
Interfeys tillari
Vazifa
Telefon savdosi oddiy chakana savdo emas: har bir apparat IMEI bilan alohida hisoblanadi, holati bo'yicha baholanadi, nasiyaga sotilsa esa mijoz tekshiruvi, shartnoma va oylik undiruv boshlanadi. Bundan tashqari Dubaydan keladigan kargo, ta'mirlash ustaxonasi, bir nechta kompaniya (B2C va B2B) va kuniga o'nlab kiruvchi qo'ng'iroq bor edi. Bularning har biri alohida dastur va Excel fayllarida yuritilar, natijada bitta apparat ikki marta sotilishi yoki nasiya to'lovi e'tibordan chetda qolishi mumkin edi.
Nima qurdik
Go va PostgreSQL asosida ko'p kompaniyali ERP qurdik, interfeysi React'da. Ombor IMEI darajasida yuritiladi: seriyali telefon va aksessuar sotuvi alohida oqimlardan o'tadi, shu bois qoldiq ikki marta yechilmaydi; apparat holati bo'yicha baholash (grading), almashtirish va ta'mirlash moduli bog'langan. Nasiya bloki to'liq: shartnomalar, to'lov jadvali, qarzdorlar, undiruvchilar uchun alohida kabinet va bonuslar, qora ro'yxat; mijoz MyID orqali tasdiqlanadi va KATM kredit byurosi ma'lumotlari bilan tekshiriladi. Alohida qurilgan qism — call-markaz: Asterisk WebRTC asosidagi softfon to'g'ridan-to'g'ri brauzerda ishlaydi, qo'ng'iroqlar tarixi, o'tkazib yuborilgan chaqiruvlar va yozuvlar ERP ichida; UzTelecom va Skyline liniyalari hamda OnlinePBX bulut provayderi qo'llab-quvvatlanadi. Moliya tomonida kassa va smenalar, kontragent balanslari, xarajatlar, ish haqi, HR va Hikvision biometrik davomat, CBU kursi bo'yicha AED/USD/UZS hisob-kitobi. Savdo kanallari uchun Telegram, Facebook/Instagram lid formalari va Instagram Direct ulandi.
Natijalar
Savdo, ombor, nasiya, ta'mirlash, kargo, moliya va qo'ng'iroqlar bitta tizimga yig'ildi — 41 ta modul va bir nechta kompaniya yagona ruxsatlar tizimi ostida ishlaydi (98 modul bo'yicha to'rt darajali huquq). Operator mijoz bilan gaplashayotganda uning kartochkasi, nasiyasi va to'lov tarixi shu yerda ochiladi: softfon alohida dastur emas, ERP ning bir qismi. Brauzerda bir nechta oyna ochilganda ham SIP ulanishi bitta bo'lib qoladi — buning uchun oynalar o'rtasida yetakchi saylash mexanizmi ishlab chiqildi, aks holda qo'ng'iroqlar yo'qolar edi.
Texnologiyalar
- Asterisk
- Docker
- Go
- Hikvision ISAPI
- PostgreSQL
- React
- Redis
- Tailwind CSS
- Telegram Bot API
- WebSocket