Asosiy matnga o'tish
Barcha loyihalar
E-commerce / 2024

Markab Store

Elektronika va avtomobil savdosi uchun Django/React platformasi: halol nasiya (bo'lib to'lash), KATM integratsiyasi, Click/SelloPay to'lovlari, 1C sinxronizatsiyasi va AI yordamchi.

Mijoz
Markab Store
Soha
E-commerce
Yil
2024
Xizmatlar
  • Suniy intellekt yechimlari
  • CRM/ERP yechimlar
  • Mobil ilovalar
  • Veb-sayt ishlab chiqish
Markab Store — Markab Store
01

Vazifa

Markab Store — elektronika va avtomobillarni naqd hamda nasiya (bo'lib to'lash) asosida sotadigan biznes. Nasiya arizalari, kredit tekshiruvi, ombor va to'lovlar alohida jarayonlarda edi. Xaridor, administrator va investorlar uchun yagona platforma, O'zbekiston moliyaviy tizimlari bilan chuqur integratsiya va operatsiyalarni tezlashtiruvchi avtomatlashtirish kerak edi.

02

Nima qurdik

Django REST backend hamda React (TypeScript) mijoz va admin panellarini qurdik. Nasiya arizalari KATM kredit byurosi (API v12.4) orqali tekshiriladi, shartnoma va to'lov jadvali yuritiladi. Click va SelloPay to'lovlari, MyID orqali shaxsni tasdiqlash, Eskiz SMS va Didox e-hisob-fakturasi ulandi. 1C bilan ikki tomonlama ombor va sotuv sinxronizatsiyasi, BTS logistika integratsiyasi qo'shildi. Claude asosidagi AI admin chatboti buyurtma va mijozlarni boshqaradi, IMEI'ni suratdan o'qiydigan Telegram bot esa omborni tekshiradi. Ko'p bosqichli sodiqlik va investitsiya moduli ham mavjud.

03

Natijalar

Xaridor, admin va investor jarayonlari bitta platformada birlashdi; nasiya arizasidan shartnoma va to'lovgacha bo'lgan yo'l KATM, 1C va to'lov tizimlari bilan avtomatlashtirildi, AI vositalari operatsiyalarni tezlashtiradi.

Texnologiyalar

  • Celery
  • Django
  • PostgreSQL
  • Python
  • React
  • Redis
  • TypeScript

Loyihangiz haqida gapirib bering

Formani to'ldiring — 24 soat ichida javob beramiz.